Energetika fanlarini oʻqitishda sunʻiy intellektdan foydalanishning pedagogik afzalliklari
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada oliy ta’lim muassasalarida “Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash”fanini o‘qitish jarayoniga zamonaviy sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini integratsiya qilishning pedagogik va texnikjihatlari tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi sun’iy intellekt vositalaridan foydalanishning talabalarning nazariybilimlari, amaliy ko‘nikmalari va mustaqil ta’lim faoliyatiga ta’sirini an’anaviy o‘qitish usullari bilan qiyosiy ravishda baholashdaniborat.Tadqiqotda “Energetika muhandisligi” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan 52 nafar talaba ishtirok etdi. Ishtirokchilar nazoratva tajriba guruhlariga ajratildi. Nazorat guruhida mashg‘ulotlar an’anaviy metodlar asosida tashkil etilgan bo‘lsa, tajribaguruhida mazkur metodlar sun’iy intellekt asosidagi ta’lim texnologiyalari bilan boyitildi. Xususan, SI yordamida ishlovchivirtual simulyatorlar, interfaol viktorinalar va adaptiv test tizimlari qo‘llanilib, talabalarning mavzularni o‘zlashtirish darajasimustahkamlandi.Tadqiqot yakunida suhbatlar, so‘rovnomalar hamda o‘quv natijalari tahlili amalga oshirildi. Olingan natijalar sun’iy intellekttexnologiyalarini energetika fanlarini o‘qitish jarayoniga joriy etish talabalarning bilim sifati, amaliy kompetensiyalari vamustaqil ishlash qobiliyatini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari nafaqat “Elektr energiyasini ishlabchiqarish, uzatish va taqsimlash” fani, balki boshqa texnik yo‘nalishlardagi fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirishdaham muhim ahamiyat kasb etadi