MAMLAKATNING IJTIMOIY-IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH ISTIQBOLLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish istiqbollari, ushbujarayonga ta’sir etuvchi asosiy omillar va ularning o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilingan. Tadqiqotda 2015–2024-yillar oralig‘idagistatistik ma’lumotlar asosida YaIM o‘sish sur’ati, asosiy kapitalga investitsiyalar, inflyatsiya darajasi, eksport hajmi va aholireal daromadlari o‘rtasidagi munosabatlar ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot metodologiyasi sifatida statistik tahlil, taqqoslash vachiziqli regressiya tahlili usullaridan foydalanilgan. Regressiya modeli natijalariga ko‘ra, eksport hajmining oshishi aholireal daromadlari o‘sishiga ijobiy va statistik jihatdan ishonchli ta’sir ko‘rsatadi (R² = 0,752). Tadqiqot natijalari mamlakatijtimoiy-iqtisodiy siyosatini takomillashtirish, eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va investitsiya muhitiniyaxshilash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.