Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

MINTAQA IQTISODIY O'SISHIDA XIZMATLAR SOHASI TARKIBIY O'ZGARISHLARINING STATISTIK TAHLILI: XORAZM VILOYATI MISOLIDA

2026uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada Xorazm viloyati misolida mintaqaviy iqtisodiy o‘sishda xizmatlar sohasi tarkibiy o‘zgarishlariningta’siri statistik metodlar yordamida tadqiq etilgan. So‘nggi yillarda xizmatlar sektorining yalpi hududiy mahsulotdagiulushi izchil ortib borayotgani, raqamli transformatsiya sur’atlarining tezlashuvi hamda mazkur yo‘nalishdagi davlatsiyosati chora-tadbirlari tadqiqotning dolzarbligini belgilaydi. Tadqiqotning maqsadi – Xorazm viloyati xizmatlar sektoridakechayotgan tarkibiy o‘zgarishlarni miqdoriy baholash va ularning iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga ta’sir mexanizmlarinianiqlashdan iborat. Tahlil natijalari shuni tasdiqladiki, o‘n yillik davrda xizmatlar sohasining YAHMdagi ulushi barqaroro‘sib, 2015-yildagi 35,4 foizdan 42,6 foizgacha oshdi va hudud iqtisodiyotining asosiy negizi hisoblangan qishloq xo‘jaligitarmog‘idan o‘zib ketdi.Viloyatda xizmatlar ulushining o‘sishi va ichki tarmoq diversifikatsiyasi yalpi hududiy mahsulot dinamikasiga ijobiy ta’sirko‘rsatishi bilan birga, hududiy nomutanosibliklar saqlanib qolayotgani aniqlandi. Tadqiqot yakunida xizmatlarni rivojlantirish,raqamli infratuzilmani yaxshilash va hududlararo tafovutlarni kamaytirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba