Bo'lajak o'qituvchilarni innovatsion yondashuv asosida o'qish darslari samaradorligini metodik takomillashtirishga tayyorlashning pedagogik imkoniyatlari
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini innovatsion yondashuv asosida o‘qish darslarisamaradorligini metodik takomillashtirishga tayyorlashning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan. Oliy ta’lim tizimidakompetensiyaviy yondashuv, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, raqamli ta’lim vositalari hamda interfaol metodlardanfoydalanishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Tadqiqotda innovatsion ta’lim muhitini yaratish, metodik kompetentliknirivojlantirish va bo‘lajak pedagoglarning kasbiy tayyorgarligini oshirishning samarali mexanizmlari aniqlangan. Tadqiqotnatijalari innovatsion metodlardan foydalanish o‘qish darslarining samaradorligini oshirish, talabalarning ijodiy vatanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlashga xizmat qilishini ko‘rsatdi