KO'KRAK BEZI SARATONINING MOLEKULYAR SUBTIPLARINI PROGNOZ QILISHDA MULTIPARAMETRIK MRT VA SUN'IY INTELLEKT MODELLARINING INTEGRATSIYASI
Annotatsiya
Ko‘krak bezi saratoni ayollar orasida eng ko‘p uchraydigan xavfli o‘smalardan biridir. Molekulyar subtiplarnianiqlash davolash usulini tanlash va kasallik prognozini baholashda muhim ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda multiparametrikmagnit-rezonans tomografiya (mpMRT) va sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining rivojlanishi bu jarayonni invazivbo‘lmagan usulda amalga oshirish imkonini bermoqda.Ushbu tadqiqotning maqsadi ko‘krak bezi saratonining molekulyar subtiplarini prognoz qilishda multiparametrik MRT vasun’iy intellekt modellarining diagnostik samaradorligini baholashdan iborat.Tadqiqotga gistologik jihatdan tasdiqlangan ko‘krak bezi saratoni bilan kasallangan 240 nafar bemor jalb qilindi. Barchabemorlarda T1- va T2-vaznli tasvirlar, diffuziya-vaznli MRT (DWI) hamda dinamik kontrast kuchaytirilgan MRT (DCE-MRI)o‘tkazildi. Olingan radiomik xususiyatlar asosida Random Forest, Support Vector Machine (SVM) va XGBoost algoritmlariyordamida molekulyar subtiplar prognoz qilindi.Natijalar multiparametrik MRT va sun’iy intellekt modellarini birgalikda qo‘llash ko‘krak bezi saratonining molekulyar subtiplarinianiqlash samaradorligini oshirish imkonini berishini ko‘rsatdi. Ushbu yondashuv shaxsiylashtirilgan davolash rejasinituzishda samarali vosita bo‘lishi mumkin