AGROKLASTERLARNING SAMARADORLIGIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR
Annotatsiya
Mazkur maqolada agroklasterlarning samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar kompleks ilmiy tahlil qilingan bo‘lib,agrar sektorni modernizatsiya qilish sharoitida agroklaster yondashuvining o‘rni va ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqotdaagroklaster tizimining samarali faoliyati ko‘plab o‘zaro bog‘liq omillar, jumladan tabiiy-resurs salohiyati, iqtisodiy barqarorlik,texnologik innovatsiyalar darajasi, institutsional muhit, boshqaruv sifati hamda inson kapitalining rivojlanish darajasigabog‘liqligi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, maqolada agroklasterlar doirasida ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash valogistika jarayonlarining integratsiyalashuvi mahsulotning qo‘shilgan qiymatini oshirish hamda resurslardan samarali foydalanishimkonini berishi ilmiy asoslangan. Agroklaster ishtirokchilari o‘rtasidagi hamkorlik darajasi va innovatsion faoliyatningrivojlanishi ham umumiy samaradorlikni belgilovchi muhim omillar sifatida tahlil qilingan.