Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

INDIVIDUAL YONDASHUV ASOSIDA KO'ZI OJIZ O'QUVCHILAR UCHUN INDIVIDUAL RIVOJLANISH XARITASINI ISHLAB CHIQISH METODIKASI

2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada individual yondashuv asosida ko‘zi ojiz o‘quvchilar uchun individual rivojlanish xaritasiniishlab chiqish metodikasi ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan asoslangan. Tadqiqotda individual rivojlanish xaritasi ko‘zi ojizo‘quvchilarning ta’limiy ehtiyojlari, psixologik xususiyatlari, korreksion rivojlanish dinamikasi hamda ijtimoiy moslashuvdarajasini kompleks baholash va rejalashtirish imkonini beruvchi pedagogik vosita sifatida talqin etilgan.Muallif tomonidan individual rivojlanish xaritasini ishlab chiqishning ketma-ket bosqichlari, mazmuni, tamoyillari hamdauni amaliyotga joriy etish mexanizmlari yoritilgan. Xaritani ishlab chiqishda pedagogik diagnostika, psixologik tahlil, individualta’lim ehtiyojlarini aniqlash, rivojlantiruvchi maqsadlarni belgilash, korreksion-pedagogik tadbirlarni rejalashtirish vamonitoring jarayonlari yagona tizim asosida integratsiyalashtirilgan.Shuningdek, individual rivojlanish xaritasining tarkibiy bloklari, baholash mezonlari va monitoring indikatorlari taklif etilgan.Tadqiqot natijalari individual rivojlanish xaritasi o‘quvchilarning bilish faolligini, mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini, kommunikativkompetentligini hamda ijtimoiy moslashuvini izchil rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatdi.Taklif etilgan metodika maxsus ta’lim muassasalarida pedagoglar, psixologlar va tiflopedagoglarning hamkorlikdagi faoliyatinisamarali tashkil etishga, ta’lim jarayonini individuallashtirishga hamda o‘quv-korreksion ishlarning sifatini oshirishgaimkon beradi. Mazkur metodik yondashuv ko‘zi ojiz o‘quvchilarni kompleks pedagogik-psixologik qo‘llab-quvvatlashtizimini takomillashtirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba