QISHLOQ XO'JALIGINI RIVOJLANTIRISHDA AGROKLASTERLARNING O'RNI VA AHAMIYATI
Annotatsiya
Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligini barqaror va innovatsion rivojlantirishda agroklasterlarning o‘rni hamdaahamiyati ilmiy jihatdan yoritilgan. Agroklaster modelining ishlab chiqarish, qayta ishlash, logistika, ilm-fan va bozorsubyektlari o‘rtasidagi integratsiyani kuchaytirish orqali qo‘shilgan qiymat zanjirini shakllantirishdagi roli tahlil qilingan.Shuningdek, agroklasterlar faoliyatining qishloq xo‘jaligi mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirish, resurslardan samaralifoydalanish, investitsiyalarni jalb etish, eksport salohiyatini kengaytirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga ta’siriasoslab berilgan. Tadqiqot natijalari agroklasterlarni rivojlantirish qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va uning iqtisodiysamaradorligini oshirishning muhim institutsional mexanizmlaridan biri ekanligini ko‘rsatadi.