TIJORAT BANKLARI O'RTASIDAGI RAQOBAT DARAJASINING STATISTIK VA EKONOMETRIK BAHOSI: RAQOBAT VA MOLIYAVIY BARQARORLIK O'RTASIDAGI BOG'LIQLIK
Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekiston tijorat banklari o‘rtasidagi raqobat darajasi strukturaviy (HHI, CR5), narxgaasoslangan (Lerner indeksi) va nostrukturaviy ko‘rsatkichlar tizimi asosida statistik-ekonometrik usullar yordamida baholangan.Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 2025-yil yakunida HHI ko‘rsatkichi 805 dan 736 ga, CR5 ulushi esa 50,8 foizgachapasayib, bank bozorining past konsentratsiya zonasida shakllanganini ko‘rsatdi. 2022-yil yanvardan 2026-yil aprelgachabo‘lgan 52 ta oylik kuzatuv asosida Newey–West tuzatmasi qo‘llangan OLS modeli yordamida raqobat ochiqligininghar bir foiz bandiga oshishi muammoli kreditlar ulushining o‘rtacha 0,18 foiz bandiga kamayishiga olib kelishi aniqlandi(p = 0,015). Xatolikni tuzatish modeli bog‘liqlikning uzoq muddatli muvozanat xarakteriga ega ekanligini tasdiqladi (λ =−0,1175; p = 0,019). Olingan natijalar O‘zbekiston bank tizimi uchun “raqobat–barqarorlik” gipotezasini qo‘llab-quvvatlaydi.