TO'G'RIDAN-TO'G'RI XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISHDA TRANSCHEGARAVIY SUG'URTA VA DAVLAT KAFOLATLARI MEXANIZMLARINING QIYOSIY TAHLILI
Annotatsiya
Mazkur fundamental tadqiqotda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar (TTXI) oqimini barqarorlashtirish vajadallashtirishda transchegaraviy sug‘urta mexanizmlari hamda davlat kafolatlarining o‘zaro nisbati va iqtisodiy samaradorligiqiyosiy tahlil qilinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida makroiqtisodiy beqarorlik va geosiyosiy risklar investorlarningstrategik qarorlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada transchegaraviy investitsion risklarni boshqarishda davlat suverenkafolatlari va xalqaro sug‘urta bozorlari imkoniyatlari qiyosiy ko‘rsatkichlar hamda tizimli yondashuv asosida baholangan.Tadqiqot natijalari asosida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro investitsion jozibadorligini yanada oshirishgaqaratilgan uzoq muddatli institutsional takliflar va sug‘urta tizimini transformatsiya qilish modellari ishlab chiqilgan