Ixtisoslik fanlarini o'qitishda raqamli modellashtirish vositalarini didaktik moslashtirish: integrativ ta'lim platformasi misolida
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada ixtisoslik fanlarini o‘qitishda raqamli modellashtirish vositalarini ta’lim maqsadlarigadidaktik jihatdan moslashtirish muammosi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotning maqsadi – o‘quv-amaliy jarayonlarni raqamlimodellashtirish asosida tashkil etuvchi integrativ platformaning didaktik samaradorligini ilmiy-nazariy va amaliy jihatdanasoslash hamda uni takomillashtirish yo‘nalishlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda loyihaviy-konstruktiv (design-basedresearch) yondashuv qo‘llanilgan bo‘lib, u doirasida modulli tashkil etish, topshiriqlar va laboratoriya ishlari strukturasi,individual o‘quv trayektoriyasi hamda avtomatlashtirilgan monitoring mexanizmlari tahlil qilingan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki,“modul – topshiriq – natija – monitoring” zanjiri asosida qurilgan platforma o‘quv materialini bosqichma-bosqich,tizimli va moslashuvchan tarzda o‘zlashtirishni ta’minlaydi, PhET simulyatsiyalari bilan integratsiyalashgan virtual laboratoriyaishlari esa nazariya va amaliyot uyg‘unligini kuchaytiradi.