Onkologik bemorlarga psixologik yordam ko'rsatishning zamonaviy texnologiyalari va ularning hayot sifatiga ta'siri
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada onkologik bemorlarga psixologik yordam ko‘rsatishning zamonaviy texnologiyalarihamda ularning bemorlar hayot sifatiga ta’siri ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Onkologik kasallik nafaqatorganizmning jismoniy holatiga, balki bemorlarning psixoemotsional salomatligi, ijtimoiy moslashuvi va umumiy hayotsifatiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatishi ilmiy dalillar asosida yoritilgan. Tadqiqotda psixoedukatsiya, kognitiv-xulq-atvorterapiyasi(CBT), mindfulnessga asoslangan psixologik yondashuvlar, telepsixologik konsultatsiyalar, raqamli psixologikplatformalar, mobil ilovalar, sun’iy intellekt elementlariga asoslangan psixologik qo‘llab-quvvatlash vositalari hamda multidissiplinarpsixoonkologik xizmatlarning imkoniyatlari tahlil qilingan.Shuningdek, ushbu texnologiyalarning bemorlarda xavotir va depressiv simptomlarni kamaytirish, emotsional barqarorliknimustahkamlash, davolanishga sodiqlikni oshirish, ijtimoiy moslashuvni yaxshilash va hayot sifatini yuksaltirishdagisamaradorligi baholangan. Tadqiqot natijalari zamonaviy psixologik texnologiyalarni onkologik yordam tizimiga integratsiyaqilish bemorlarning ruhiy salomatligini mustahkamlash, reabilitatsiya jarayonining samaradorligini oshirish hamdakompleks psixologik yordam sifatini takomillashtirishning muhim omili ekanligini ko‘rsatadi.