TIJORAT BANKLARIDA ICHKI AUDIT XIZMATI TUSHUNCHASINING IQTISODIY MAZMUNI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Annotatsiya
Maqolada tijorat banklarida ichki audit xizmatining iqtisodiy mazmuni, genezisi va korporativ boshqaruvtizimidagi o‘rni tadqiq etilgan. Xalqaro institutlar, milliy me’yoriy hujjatlar va olimlar tomonidan berilgan ta’riflar qiyosiytahlil qilinib, ularning umumiy belgilari hamda bank faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini to‘liq aks ettirmaslik bilan bog‘liqkamchiliklari aniqlangan. Ichki auditning ta’minot (assurance) va maslahat (consulting) funksiyalari birligini, «uch chiziq»modelidagi mustaqil maqomini hamda bank qiymatini himoya qilish va oshirish xususiyatini yaxlit ifodalovchi mualliflikta’rifi ishlab chiqilgan va ilmiy jihatdan asoslangan. Taklif etilgan yondashuvning bank tizimini transformatsiya qilish vaxususiylashtirish sharoitidagi amaliy ahamiyati rasmiy statistik ma’lumotlar asosida ko‘rsatib berilgan