MEHNATGA HAQ TO'LASHNING IQTISODIY MAZMUNI, TASNIFI VA HISOB OBYEKTLARI SIFATIDAGI XUSUSIYATLARI
Annotatsiya
Mehnatga haq to‘lash korxona xarajatlari bilan xodimning iqtisodiy manfaatlarini o‘zaro bog‘laydigan muhimhisob jarayonidir. Ish haqi xodim uchun bajarilgan mehnat evaziga olinadigan daromad bo‘lsa, korxona nuqtayi nazaridanmahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan xarajat hisoblanadi. Maqolada mehnatga haq to‘lashningana shu ikki tomonlama iqtisodiy xususiyati ochib berilgan. Ish haqi tarkibiga kiruvchi to‘lovlar ularning vazifasi, hisoblanishusuli va yuzaga kelish sabablariga ko‘ra guruhlarga ajratilgan. Xususan, asosiy va qo‘shimcha ish haqi, rag‘batlantiruvchiustamalar, kompensatsiyalar, ta’til uchun to‘lovlar hamda ishlanmagan vaqtga tegishli boshqa to‘lovlarning hisobdaaks ettirilish xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. O‘rganish natijalari mehnatga haq to‘lash bilan bog‘liq har bir to‘lovni to‘g‘ri tasniflashkorxona xarajatlarini aniq shakllantirish, xodimlar oldidagi majburiyatlarni haqqoniy ko‘rsatish va moliyaviy hisobotaxborotlarining ishonchliligini oshirish uchun zarur ekanini ko‘rsatadi.