Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Bo'lajak biologiya o'qituvchilarining kasbiy-metodik kompetentligini baholashning kvalimetrik asoslari

2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetentligini baholashning kvalimetrikasoslari ilmiy-pedagogik jihatdan yoritilgan. Kasbiy-metodik kompetentlikning mazmuni, tarkibiy komponentlari,mezonlari, ko‘rsatkichlari va rivojlanganlik darajalarini aniqlash masalalari tahlil qilingan. Pedagogik kvalimetriyaningbo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining nazariy bilimlari, metodik tayyorgarligi, biologik tajribalarni tashkil etish ko‘nikmalari,raqamli ta’lim vositalaridan foydalanish qobiliyati hamda refleksiv faoliyatini obyektiv baholashdagi imkoniyatlari asoslangan.Kompetentlikni baholashda motivatsion-aksiologik, kognitiv-metodik, amaliy-faoliyatli, raqamli-texnologik varefleksiv-baholash komponentlaridan foydalanish taklif etilgan. Shuningdek, kvalimetrik baholash jarayonida mezonlar vaindikatorlarning vazn koeffitsiyentlarini aniqlash, natijalarni standartlashtirish, integral ko‘rsatkichni hisoblash hamda kompetentlikdarajalarini belgilash mexanizmlari bayon etilgan. Taklif etilgan yondashuv bo‘lajak biologiya o‘qituvchilariningkasbiy tayyorgarligi sifatini muntazam monitoring qilish, individual rivojlanish dinamikasini aniqlash va ta’lim jarayoninitakomillashtirishga xizmat qiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba