Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

JINCHAN REAGENTI YORDAMIDA KVARSLI-PIRIT KONSENTRATIDAN OLTINNI TANLAB ERITIB AJRATIB OLISH

2026uz
ABI

Annotatsiya

Kvarsli-pirit konsentratidan oltinni ekologik xavfsiz JINCHAN reagenti yordamida ishqoriy muhitda tanlab eritishva keyinchalik sementatsiya usulida ajratib olish jarayoni tadqiq etilgan. Laboratoriya tajribalari JINCHAN reagenti, NaOHva H₂O₂ ishtirokida amalga oshirilgan. Oltinni eritmadan ajratib olishda rux kukuni yordamida sementatsiya qilish, keyinchalikkimyoviy tozalash va qayta cho‘ktirish usullari qo‘llanilgan. Tarkibida 400 g/t Au bo‘lgan 1 kg konsentratdagi oltinningnazariy miqdori 0,40 g ni tashkil etib, tajriba natijasida 0,21 g oltin ajratib olingan. Oltinni ajratib olish darajasi 52,5 % nitashkil etgan. Olingan natijalar JINCHAN reagentidan kvarsli-pirit konsentratlaridan oltinni sianidsiz usulda ajratib olishdafoydalanish istiqbolli ekanligini ko‘rsatadi

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba