Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TPACK modeli asosida ingliz tilida kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning adaptiv metodik tizimi

2026uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada TPACK modeli asosida ingliz tilida kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishga yo‘naltirilganadaptiv metodik tizimning nazariy va amaliy jihatlari yoritiladi. Tadqiqotda texnologik, pedagogik va predmetga oidbilimlarning o‘zaro integratsiyasi talabalarning individual ehtiyojlari, til bilish darajasi, o‘zlashtirish sur’ati va kommunikativfaolligiga moslashtirilgan ta’limni tashkil etishning muhim sharti sifatida qaraladi. Adaptiv metodik tizimning diagnostik,mazmuniy, kommunikativ-faoliyatli, texnologik va refleksiv-baholash tarkibiy qismlari tavsiflanadi. Ingliz tilida tinglabtushunish,gapirish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini o‘zaro bog‘liq holda rivojlantirishda interaktiv platformalar, raqamli topshiriqlar,tezkor qayta aloqa hamda differensiallashtirilgan o‘quv faoliyatidan foydalanish imkoniyatlari asoslanadi. TPACKmodeli asosida tashkil etilgan adaptiv yondashuv talabalarning kommunikativ ehtiyojlarini aniqlash, topshiriqlar murakkabliginimoslashtirish, individual ta’lim trayektoriyasini qo‘llab-quvvatlash va o‘zlashtirish dinamikasini muntazam kuzatishimkonini berishi ko‘rsatib beriladi. Mazkur metodik tizim ingliz tili ta’limining shaxsga yo‘naltirilganligi, moslashuvchanligiva kommunikativ samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba