Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Jamoat transporti haydovchilarining psixoemotsional barqarorligini shakllantirishning nazariy-psixologik asoslari

2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada jamoat transporti haydovchilarining psixoemotsional barqarorligini shakllantirishningnazariy-psixologik asoslari tahlil qilingan. Tadqiqotda kasbiy faoliyat jarayonida yuzaga keladigan stressogen omillar,emotsional zo‘riqish, xavotir, frustratsiya va psixologik bosimning haydovchilarning faoliyat samaradorligi hamda transportxavfsizligiga ta’siri yoritilgan. Stressning psixologik mohiyati va rivojlanish bosqichlarini tushuntirishda G. Selyeningumumiy moslashuv sindromi nazariyasi, R. Lazarusning kognitiv baholash va koping yondashuvlari, shuningdek, P. B.Zilberman, B. B. Velichkovskiy, V. A. Bodrov va boshqa olimlarning stressga barqarorlik haqidagi ilmiy qarashlari tahlilqilingan. Psixoemotsional barqarorlik shaxsning hissiy, kognitiv, irodaviy, motivatsion va xulq-atvor komponentlariningo‘zaro integratsiyasi asosida namoyon bo‘ladigan murakkab psixologik hodisa sifatida asoslangan. Jamoat transportihaydovchilarining murakkab yo‘l vaziyatlari, vaqt bosimi, yo‘lovchilar bilan muloqot, tirbandliklar va favqulodda vaziyatlargamoslashishida stressni kognitiv baholash, emotsional o‘zini o‘zi boshqarish va samarali koping strategiyalaridanfoydalanish muhim psixologik mexanizmlar sifatida ko‘rsatilgan. Tadqiqot natijalari haydovchilarning kasbiy-psixologiktayyorgarligini takomillashtirish va ularning psixoemotsional barqarorligini rivojlantirishning ilmiy asoslarini belgilashgaxizmat qiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba