"MUSTAQIL FIKRLASH", "KOMPETENSIYA", "KOMPETENTLIK", "FIKRLASH KOMPETENSIYASI" TUSHUNCHALARINING PEDAGOGIK MAZMUNI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy pedagogik ta’limning muhim kategoriyalari hisoblangan “mustaqil fikrlash”,“kompetensiya”, “kompetentlik” va “fikrlash kompetensiyasi” tushunchalarining mazmun-mohiyati nazariy jihatdan tahlilqilinadi. Tadqiqotda ushbu tushunchalarning falsafiy, psixologik va pedagogik talqinlari qiyosiy o‘rganilib, ularning o‘zarobog‘liqligi hamda farqli jihatlari aniqlanadi. Kompetensiyaviy yondashuv nuqtayi nazaridan mustaqil fikrlash axborotniizlash, tahlil qilish, baholash, turli qarashlarni taqqoslash, dalillarga asoslangan xulosa chiqarish va yangi vaziyatlardamustaqil qaror qabul qilish qobiliyati sifatida yoritiladi. Shuningdek, kompetensiya va kompetentlik tushunchalarining pedagogikmazmuni aniqlashtirilib, fikrlash kompetensiyasining motivatsion, kognitiv, analitik, tanqidiy-baholovchi, kreativva refleksiv komponentlari asoslab beriladi. Maqolada mazkur kompetensiyaning bo‘lajak tarix o‘qituvchisining kasbiytayyorgarligidagi ahamiyati ochib beriladi.