Bo'lajak boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarini kasbiy-pedagogik tayyorlashda sun'iy intellekt vositalaridan foydalanish modelining samaradorligi
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini kasbiy-pedagogik tayyorlashda sun’iyintellekt vositalaridan foydalanish modelining samaradorligini tajriba-sinov asosida aniqlashdan iborat. Tadqiqot 2024-2025 va 2025-2026 o‘quv yillarida Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Navoiy davlat universiteti hamda Shahrisabzdavlat pedagogika institutining Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan 622 nafar talaba ishtirokida o‘tkazildi.Shundan 320 nafari tajriba, 302 nafari nazorat guruhiga biriktirildi. Talabalarning kasbiy kompetentligi motivatsion, kognitiv,faoliyatli-operativ va refleksiv komponentlar asosida yuqori, o‘rta va past darajalarda baholandi. Aniqlovchi bosqichdaguruhlar o‘rtasida statistik jihatdan ahamiyatli farq aniqlanmadi (p > 0,05). Shakllantiruvchi bosqichda “Bir muammo - uchyechim”, loyiha ishi, “Ta’lim dizayneri” va “Pedagogik konstruktor” kabi metodik usullar qo‘llanildi. Yakuniy natijalargako‘ra, tajriba guruhining o‘rtacha ko‘rsatkichi 2,27 ballni (75,6%), nazorat guruhiniki esa 1,93 ballni (64,35%) tashkil etdi.Farq Styudentning t-mezoni va Pirsonning χ² mezoni orqali statistik jihatdan ishonchli deb topildi. Natijalar ishlab chiqilganmodel bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarida sun’iy intellekt vositalaridan pedagogik maqsadga muvofiq foydalanishko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilishini ko‘rsatdi