Talabalarda ijtimoiy mas'uliyat hissining psixologik mazmuni, tuzilishi va funksional xususiyatlari
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada talabalarda ijtimoiy mas’uliyat hissining psixologik mazmuni, tarkibiy tuzilishi va funksionalxususiyatlari nazariy hamda amaliy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Ijtimoiy mas’uliyat shaxsning jamiyatdagio‘rni va vazifalarini anglash, o‘z xatti-harakatlarining ijtimoiy oqibatlarini baholash, me’yoriy talablarga ongli ravishdaamal qilish hamda umumiy manfaatlar yo‘lida mas’uliyatli qarorlar qabul qilish qobiliyatini ifodalovchi murakkab psixologikhodisa sifatida talqin etiladi. Tadqiqot doirasida ijtimoiy mas’uliyatning kognitiv, emotsional-qadriyatli, motivatsion,irodaviy-regulyativva xulqiy komponentlari o‘zaro aloqador tizim sifatida yoritiladi. Shuningdek, uning orientirlovchi, regulyativ,nazorat qiluvchi, integrativ va ijtimoiylashtiruvchi funksiyalari ochib beriladi. Talabalik davrining mustaqil qaror qabulqilish, kasbiy identiklikni shakllantirish va ijtimoiy tajribani kengaytirish bilan tavsiflanishi ushbu davrda mas’uliyat hissiningrivojlanishi uchun muhim psixologik zamin yaratishi asoslanadi. Maqolada ijtimoiy mas’uliyatning barqaror shakllanishishaxsning ichki qadriyatlari, o‘z-o‘zini anglash, refleksiya, empatiya, ijtimoiy motivatsiya va o‘z-o‘zini boshqarishmexanizmlarining uyg‘un rivojlanishiga bog‘liqligi ko‘rsatiladi