Raqamli ta'lim muhitida talabalarning tanqidiy fikrlash kompetensiyasini shakllantirishning pedagogik omillari
Annotatsiya
Mazkur maqolada raqamli ta’lim muhitida talabalarning tanqidiy fikrlash kompetensiyasini shakllantirishgata’sir etuvchi pedagogik omillar ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Raqamli ta’lim resurslarining mazmuniy sifati, muammoliva tadqiqiy topshiriqlar, interfaol muloqot, hamkorlikdagi faoliyat, axborotni tanqidiy baholash, o‘qituvchining fasilitatorlikfaoliyati hamda refleksiv baholash mazkur kompetensiyani rivojlantiruvchi asosiy omillar sifatida asoslangan. Shuningdek,talabalarning raqamli axborotni izlash, manbalarning ishonchliligini tekshirish, dalillarni qiyoslash, sabab-oqibatmunosabatlarini aniqlash, muqobil fikrlarni baholash va asoslangan xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlariyoritilgan. Sun’iy intellekt vositalaridan pedagogik maqsadga muvofiq foydalanish, media va axborot savodxonliginirivojlantirish, psixologik xavfsiz muloqot muhitini yaratish hamda muntazam qayta aloqani tashkil etishning ahamiyatiochib berilgan. Maqolada raqamli ta’limni tashkil etishda texnologik vositalardan foydalanishning o‘zi yetarli emasligi,ularni muammoli, dialogik, tadqiqiy va refleksiv faoliyat bilan uyg‘unlashtirish zarurligi asoslangan.