Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA VA INNOVATSION IQTISODIYOT SHAROITIDA SANOATLASHUVNING USTUVOR YO'NALISHLARI

2026uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada raqamli transformatsiya va innovatsion iqtisodiyotning O‘zbekiston sanoatining yetakchitarmoqlariga ta’siri 2016–2025-yillar rasmiy statistik ma’lumotlari asosida tahlil qilingan. Tadqiqot oziq-ovqat, to‘qimachilik,metallurgiya va avtomobilsozlik tarmoqlari misolida o‘tkazilib, raqamli texnologiyalarning har bir tarmoqqa ta’siri o‘shatarmoqning texnologik xususiyati va muammosiga mos ravishda farqlanishi asoslangan. Metallurgiya va avtomobilsozliktarmoqlari 2016–2025-yillarda mos ravishda 23,7 va 22,9 barobar o‘sib, sanoatning eng jadal rivojlanayotgan bo‘g‘inlarigaaylangan, biroq ularning kapital sig‘imi yuqoriligi bandlik salohiyatini cheklaydi. Global innovatsiya indeksi ma’lumotlarigako‘ra, O‘zbekistonda ilmiy tadqiqot va ishlanmalarga xarajat yalpi ichki mahsulotning atigi 0,16 foizini tashkil etishi raqamlitransformatsiyani sekinlashtiruvchi asosiy omil sifatida ko‘rsatilgan. Tahlil asosida sanoatni raqamli transformatsiya qilishsiyosatining to‘rt bosqichli sikli, ya’ni raqamli infratuzilma, malakali kadrlar, innovatsion salohiyat va tarmoqqa mos siyosatasoslangan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba