TIJORAT BANKLARI KAPITALLASHUVI VA DAROMADLARINING PROGNOZI
Annotatsiya
Maqolada O‘zbekiston tijorat banklarining kapitallashuv darajasi va daromadlari 2030-yilgacha uch ssenariy— bazaviy, optimistik va pessimistik — doirasida prognoz qilingan. Prognoz sektor aktivlarining 90 foizdan ortig‘iniqamrab oluvchi 20 ta tijorat bankining 2020–2024-yillardagi haqiqiy ko‘rsatkichlariga asoslangan bo‘lib, unda balanso‘zaro bog‘liqliklariga tayanuvchi imitatsion model qo‘llanilgan. Model parametrlari (aktivlarning o‘sish sur’ati, aktivlarrentabelligi, foydani kapitallashtirish koeffitsienti va tashqi kapital inyeksiyalari hajmi) retrospektiv trend baholari hamdapanel ma’lumotlar asosida baholangan regressiya tenglamasi yordamida asoslangan. Natijalarga ko‘ra, bazaviy ssenariydakapitallashuv darajasi 2030-yilga borib 14,54 foizdan 13,21 foizga pasayadi, optimistik ssenariyda 16,91 foizgachako‘tariladi, pessimistik ssenariyda esa 10,79 foizga tushib, tartibga soluvchi eng kam darajadan past bo‘ladi. Kapitallashuvdarajasini 15 foiz atrofida saqlab qolish uchun 2030-yilga qadar bazaviy ssenariyda 29,7 trln so‘m, pessimistik ssenariydaesa 63,8 trln so‘m qo‘shimcha kapital talab etiladi.