Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

O'ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA SANOATLASHUV DARAJASINING ZAMONAVIY HOLATI VA TARKIBIY O'ZGARISHLARI

2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotida sanoatlashuv jarayonining zamonaviy holati, sanoat ishlabchiqarishining o‘sish tendensiyalari va uning tarkibiy o‘zgarishlari tahlil qilingan. Tadqiqotda sanoatlashuvning iqtisodiymazmuni, uning milliy iqtisodiy o‘sish, mehnat unumdorligi, qo‘shilgan qiymat yaratish, investitsion faollik va iqtisodiyotningtexnologik modernizatsiyasidagi o‘rni nazariy jihatdan asoslangan. O‘zbekiston sanoatining 2025-yildagi rivojlanishko‘rsatkichlari hamda 2026-yilning birinchi yarim yilligidagi dinamikasi statistik ma’lumotlar asosida baholangan. Tahlilnatijasida mamlakat sanoatida qayta ishlash sanoatining ustun mavqega ega bo‘layotgani, tog‘-kon sanoatining nisbiyulushi esa pasayayotgani aniqlangan. Shu bilan birga, sanoatlashuv jarayonida hududiy nomutanosibliklar, yuqori qo‘shilganqiymatli ishlab chiqarishlarning yetarlicha rivojlanmagani, texnologik yangilanish va eksport tarkibini diversifikatsiyaqilish zarurati mavjudligi asoslab berilgan. Maqolada O‘zbekistonning sanoatlashuv darajasini yanada oshirish uchunyuqori texnologiyali ishlab chiqarish, mahalliylashtirish, innovatsion faoliyat, inson kapitali va hududiy sanoat siyosatinio‘zaro uyg‘unlashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba