Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Malaka oshirish jarayonida rahbar-kadrlarning SOFT-kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi

2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada rahbar-kadrlarning malaka oshirish jarayonida shakllanadigan va rivojlanadigansoft-kompetensiyalarni baholash masalasi nazariy-metodologik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi shundaki,amaliyotda malaka oshirish dasturlarining natijadorligi ko‘pincha tinglovchilarning mashg‘ulotlardan qoniqish darajasibilan cheklanib, o‘zlashtirilgan ko‘nikmalarning ish faoliyatida namoyon bo‘lishi hamda tashkilot faoliyatiga ta’siri yetarlichabaholanmaydi. Shu sababli maqolaning asosiy maqsadi rahbar-kadrlarning soft-kompetensiyalarini rivojlantirishsamaradorligini aniqlashga xizmat qiluvchi ko‘p bosqichli baholash tizimini konseptual jihatdan asoslashdan iborat.Tadqiqotda qiyosiy-tipologik, tizimli hamda strukturaviy-funksional tahlil va modellashtirish metodlaridan foydalanildi. Ilmiymanbalarni o‘rganish asosida samaradorlikni baholashning to‘rt o‘zaro bog‘liq darajasi: ishtirokchi reaksiyasi, kompetensiyalarnio‘zlashtirish, xulq-atvoriy o‘zgarish va institutsional natija ajratildi. Har bir daraja uchun tegishli indikatorlarhamda diagnostik vositalar belgilandi. Shuningdek, modelning amaliy samaradorligini ta’minlovchi diagnostik baza, mentorlarningtayyorgarligi va institutsional qo‘llab-quvvatlash kabi tashkiliy omillar aniqlashtirildi. Taklif etilayotgan yondashuvdavlat va korporativ malaka oshirish tizimlarida rahbarlarning kasbiy rivojlanishini kompleks baholash uchun metodikasos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba