Boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarini tayyorlashda ijodkorlikni rivojlantirish: xorijiy tajriba va milliy model
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim tizimida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy ijodkorliksalohiyatini shakllantirish va rivojlantirish masalasi ilmiy-nazariy hamda metodologik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi.Muammoningdolzarbligi o‘qituvchining ijodiy muhit yaratuvchi subyekt sifatidagi vazifasi kuchayib borayotgani bilanizohlanadi. Metodologiya konstruktivizm, kognitiv, reflektiv va kompetensiyaviy yondashuvlarga tayanadi; Finlandiya,Janubiy Koreya, Singapur, Kanada va Estoniya tajribasi qiyosiy tahlil qilinib, to‘rt blokdan (maqsadli, mazmuniy-metodik,amaliy, diagnostik) iborat pedagogik model ishlab chiqilgan. Model beshta pedagogik oliy ta’lim muassasasida 120 nafartalaba ishtirokida tajriba-sinovdan o‘tkazildi. Natijada ijodiy salohiyat ko‘rsatkichi 63 foizdan 84 foizgacha o‘sdi. Maqolaningilmiy-amaliy hissasi kasbiy ijodkorlikni baholash mezonlari tizimini asoslash va xorijiy tajribani milliy shart-sharoitgamoslashtirish mexanizmini taklif etishdan iborat