LANDSAT MA'LUMOTLARI ASOSIDA AYDAR–ARNASOY KO'LLAR TIZIMI SUV MAYDONINING 1990–2025-YILLARDAGI FAZOVIY-VAQT O'ZGARISHLARINI BAHOLASH
Annotatsiya
Maqolada Aydar–Arnasoy ko‘llar tizimi suv maydonining 1990–2025-yillardagi fazoviy-vaqt o‘zgarishlariLandsat Collection 2 Level-2 ma’lumotlari asosida baholandi. Har bir yil uchun mart–iyul oylaridagi tasvirlardan mediankompozit shakllantirilib, suv yuzasi Modified Normalized Difference Water Index (MNDWI) va Otsu usulida avtomatikaniqlangan yillik chegara qiymati asosida ajratildi. Mayda va aloqasiz suv obyektlari fazoviy filtrlash orqali chiqarib tashlandi.Natijada Aydar–Arnasoy ko‘llar tizimining 36 yillik suv maskalari qatori yaratildi. Suv maydoni 1990-yilda 1768,62km² bo‘lgan bo‘lsa, 2005-yilda 3522,32 km² bilan eng yuqori qiymatga yetgan va 2025-yilda 3122,78 km²ni tashkil etgan.1990–2005-yillarda suv maydoni 99,16 % ga kengaygan, 2005–2025-yillarda esa 11,34 % ga qisqargan. 2025-yilgi Landsatsuv maskasi Sentinel-2 asosidagi etalon maska bilan tekshirilib, umumiy aniqlik 98,2 %, F1 ko‘rsatkichi 98,2 % vaKappa koeffitsiyenti 0,964 ni tashkil etdi. Natijalar ko‘llar tizimida dastlab jadal kengayish, 2005-yildan keyin esa uzoqmuddatli qisqarish bosqichi shakllanganini ko‘rsatdi