SHAF-modeli asosidagi psixologik-pedagogik korreksion dasturning talabalarda chet tilini o'rganish samaradorligiga ta'siri
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada SHAF-modeli (shaxsiy resurslarni faollashtirish orqali til o‘zlashtirish samaradorligini ta’minlashmodeli) asosida ishlab chiqilgan 8 haftalik psixologik-pedagogik korreksion dastur samaradorligini tekshirishgabag‘ishlangan eksperimental tadqiqot natijalari keltirilgan. Tadqiqotda 30 nafar talaba ishtirok etib, dasturdan oldingi vakeyingi ko‘rsatkichlar Uilkokson ishorali ranglar mezoni yordamida taqqoslandi. Natijalarga ko‘ra, dastur ta’sirida chet tilixavotiri statistik ma’noli darajada pasaydi (p = 0,004), ichki motivatsiya (p < 0,001), barqaror o‘quv faolligi (p < 0,001) vaemotsional barqarorlik (p < 0,001) sezilarli oshdi. Bevosita samaradorlik ko‘rsatkichlaridan akademik baho (p < 0,001)va umumiy samaradorlik indeksi (p < 0,001) statistik ma’noli oshgan bo‘lsa-da, standartlashtirilgan test balida ma’nolio‘zgarish qayd etilmadi (p = 0,902). Ushbu farq ilmiy halollik nuqtai nazaridan ochiq tahlil qilinib, qisqa muddatli dasturningkundalik o‘quv faoliyati va motivatsion holatga tezkor ta’siri bilan til bilimining chuqur qatlamlariga ta’sir qilish uchun zarurbo‘lgan uzoqroq muddat o‘rtasidagi farq sifatida izohlangan. Natijalar SHAF-modelining amaliy samaradorligini eksperimentaljihatdan tasdiqlaydi.