Insultning o'tkir va erta tiklanish davrlarida nutq buzilishlarini aniqlash va individual logopedik reabilitatsiya asosida nutq funksiyasini tiklashni takomillashtirish
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada insultning o‘tkir va erta tiklanish davrlarida yuzaga keladigan nutq buzilishlarini ertaaniqlash hamda individual logopedik reabilitatsiya asosida nutq funksiyasini tiklashni takomillashtirish masalalari yoritilgan.Insultdan keyin afaziya, dizartriya, anartriya, nutqni tushunish, nomlash, takrorlash, o‘qish va yozish kabi funksiyalarningbuzilishi bemorning kommunikativ faolligi va ijtimoiy moslashuviga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tadqiqotdanutq buzilishlarini kompleks logopedik baholash, bemorning individual nutqiy imkoniyatlarini aniqlash va shu asosdadifferensial reabilitatsiya dasturini ishlab chiqishning ahamiyati asoslangan. Shuningdek, zamonaviy logopedik mashqlar,kommunikativ yondashuv, raqamli texnologiyalar, uy sharoitidagi mashg‘ulotlar hamda oila a’zolarining reabilitatsiyajarayonidagi ishtirokining samaradorligi ko‘rib chiqilgan. Natijada erta diagnostika, individual yondashuv va muntazamlogopedik mashg‘ulotlarning uyg‘unligi insultdan keyingi nutq funksiyasini tiklash, kommunikativ mustaqillikni oshirish vabemorning hayot sifatini yaxshilashning muhim sharti ekanligi ta’kidlangan