SUN'IY INTELLEKT TRANSFORMATSIYASI SHAROITIDA INSON KAPITALIGA QO'YILADIGAN KOMPETENSIYAVIY TALABLARNING O'ZGARISHI: XALQARO TENDENSIYALAR VA O'ZBEKISTON UCHUN USTUVOR YO'NALISHLAR
Annotatsiya
Mazkur maqolada sun’iy intellektning jadal rivojlanishi sharoitida inson kapitalining iqtisodiy qiymatinibelgilovchi kompetensiyaviy talablarning qanday o‘zgarayotgani tadqiq etiladi. Tadqiqotning markaziy g‘oyasi sun’iy intellektinson kapitaliga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi, degan soddalashtirilgan yondashuvni tahlil qilish hamda texnologiyalarmehnat vazifalari tarkibini o‘zgartirishi orqali insonning qaysi bilim, ko‘nikma va xulqiy kompetensiyalarining iqtisodiyahamiyatini oshirayotganini aniqlashdan iborat. Metodologiyada inson kapitali nazariyasi va mehnat vazifalariga asoslangantexnologik o‘zgarish yondashuvlari sintezi, 2023–2026-yillardagi xalqaro statistik va institutsional ma’lumotlarningqiyosiy tahlili, shuningdek, generativ sun’iy intellektning mehnat unumdorligiga ta’sirini o‘lchagan eksperimental tadqiqotlarnatijalarini tizimli umumlashtirish usullari qo‘llanildi. Natijalar sun’iy intellekt ta’siri kasblarning to‘liq o‘rnini egallashdanko‘ra, ularning ichki vazifalarini qayta taqsimlash va inson hamda texnologiya o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish orqalinamoyon bo‘layotganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, sun’iy intellekt savodxonligi bilan bir qatorda, sohaviy bilimlar, natijalarnitanqidiy tekshirish, tahliliy va ijodiy fikrlash, ijtimoiy-kommunikativ kompetensiyalar, etik mas’uliyat hamda uzluksizo‘rganish qobiliyatining iqtisodiy qiymati ortib bormoqda. Maqolada O‘zbekiston uchun sun’iy intellekt davridagi insonkapitali standartining besh blokli mualliflik modeli ishlab chiqilib, uni Milliy malaka tizimi, kasbiy standartlar va ta’lim dasturlarigabosqichma-bosqich integratsiya qilish mexanizmi taklif etiladi