Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

XONDIZA KONI POLIMETALL RUDALARINING MINERALOGIK VA TEXNOLOGIK XUSUSIYATLARINI TADQIQ ETISH

2026uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada Xondiza koni polimetall rudalarining mineralogik, kimyoviy va texnologik xususiyatlarihamda ularni boyitish imkoniyatlari o‘rganilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi ruda tarkibidagi mis, qo‘rg‘oshin, rux vakumushning mavjud shakllarini aniqlash, ularning ruda massasida tarqalish xususiyatlarini baholash va samarali boyitishsharoitlarini asoslashdan iborat. Tadqiqot davomida ruda tarkibidagi asosiy sulfidli minerallar — sfalerit, galenit, xalkopiritva piritning mineralogik xususiyatlari tahlil qilindi. Ruda tarkibida mis 0,52 %, qo‘rg‘oshin 3,2 %, rux 7,1 % va kumush70 g/t miqdorda mavjudligi aniqlandi. Fazaviy tahlil natijalariga ko‘ra, misning 75 %, qo‘rg‘oshinning 90,6 % va ruxning94,4 % sulfidli shaklda ekanligi belgilandi. Shuningdek, ruda tarkibining gorizontlar bo‘yicha o‘zgarishi tahlil qilinib, ruxmiqdorining chuqurlik ortishi bilan kamayish tendensiyasi kuzatildi. Rudaning fizik-mexanik xususiyatlari uning qattiq vayanchilishi nisbatan qiyin xomashyo ekanligini ko‘rsatdi. Olingan natijalar Xondiza polimetall rudalarini boyitishda mineralogiktarkib, minerallarning o‘zaro spastanishi, yanchish darajasi va flotatsiya reagentlari rejimini kompleks hisobga olishzarurligini ko‘rsatadi

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba