TEXNIK STANSIYALARDA RFID TEXNOLOGIYASI ASOSIDA AVTOMATLASHTIRILGAN BOSHQARUV TIZIMINI JORIY ETISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Kirish. Mazkur maqolada temir yo‘l transportining texnik stansiyalarida harakat tarkibini avtomatlashtirilgan identifikatsiyalash texnologiyalarini joriy etishning texnik va iqtisodiy jihatlari tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida qo‘lda identifikatsiyalash, optik belgilarni aniqlash (OCR) hamda radiochastotali identifikatsiyalash (RFID) texnologiyalarining texnik ko‘rsatkichlari va ekspluatatsion imkoniyatlari o‘zaro taqqoslandi. Olingan natijalarga ko‘ra RFID texnologiyasi aniqlik darajasi, tashqi muhit ta'siriga chidamliligi va avtomatlashtirish imkoniyatlari bo‘yicha eng maqbul yechim ekanligi asoslandi. Shuningdek, texnik stansiyalarda RFID tizimini joriy etish uchun zarur bo‘lgan kapital xarajatlar hisoblandi hamda tizimning ekspluatatsion samaradorligi baholandi. Hisob-kitoblar natijasida texnologik operatsiyalarni bajarish vaqti sezilarli qisqarishi, ortiqcha manyovr operatsiyalari kamayishi va yoqilg‘i sarfining optimallashuvi hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkinligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari texnik stansiyalarni raqamlashtirish va poyezdlar harakati xavfsizligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Hali tarjima qilinmagan