RAQAMLI MONITORING SAMARADORLIGI VA MINTAQAVIY IQTISODIY NOMUTANOSIBLIKLAR O'RTASIDAGI BOG'LIQLIKNI BAHOLASHNING METODOLOGIK YONDASHUVLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya
Raqamli monitoring samaradorligi va mintaqaviy iqtisodiy nomutanosibliklar o'rtasidagi bog'liqlikni baholashning metodologik asoslari tadqiq etilgan. Hududlarning raqamli monitoring salohiyati, iqtisodiy rivojlanish darajasi va hududlararo tafovutlarni o'zaro bog'liq holda baholashga qaratilgan kompleks yondashuv taklif etilgan. Raqamli infratuzilma, axborot-xizmatlar salohiyati, iqtisodiy natijadorlik va hududiy differensiatsiya indikatorlarini normalizatsiya qilish hamda integral baholash asosida nomutanosibliklarni diagnostika qilish mexanizmi shakllantirilgan. Taklif etilgan metodologiya raqamli monitoring samaradorligining hududiy iqtisodiy tafovutlarga ta'sirini aniqlash, xavf zonalarini belgilash va differensial mintaqaviy boshqaruv choralarini asoslash imkonini beradi.