TEMIR YO'L AVTOMATIKASI VA TELEMEXANIKASI QURILMALARIDA QO'LLANILADIGAN AVM-2 KO'P MARTA ISHLAYDIGAN AVTOMATIK O'CHIRGICHLARI: TUZILISHI, TEXNIK TAVSIFLARI, KAMCHILIKLARI VA ZAMONAVIY MODULLI AVTOMATIK O'CHIRGICHLAR BILAN
Annotatsiya
Maqolada temir yo'l avtomatikasi va telemexanikasi qurilmalarida avtoblokirovka liniya transformatorlarini o'ta yuklanish va qisqa tutashuvdan himoya qiluvchi AVM-2 ko'p marta ishlaydigan avtomatik o'chirgichlarining tuzilishi, texnik tavsiflari va kamchiliklari tizimlashtirilgan. Tadqiqotda ma'lumotnoma adabiyoti, texnik-normalash kartasi hamda IEC 60898-1 va GOST R 50345-2010 standartlari tahlil qilingan va qiyosiy taqqoslash usuli qo'llanilgan. AVM-2 faqat bimetall termoelement asosida ishlashi, termoelement sovigach, zanjirni avtomatik qayta ulashi, 220 V da 75 A gacha qisqa tutashuv tokini uzishi va 20 °C da 2·Inom sinov tokida 25-35 s da uzilishi ko'rsatilgan. Kontakt tizimiga qo'yiladigan talablar va texnik xizmat me'yorlari umumlashtirilgan. AVM-2 zamonaviy modulli avtomatik o'chirgichlarning (MCB) analogi emasligi asoslangan, uning yetti asosiy kamchiligi va zamonaviy apparatlar bilan almashtirishda e'tibor beriladigan jihatlar aniqlangan.