XUSUSIY VA IJARA VAGONLARINI TEMIR YOʻL STANSIYALARIDA VAQTINCHA JOYLASHTIRISH XIZMATINI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya
Maqolada Oʻzbekiston temir yoʻl tarmogʻida xususiy va ijaraga olingan yuk vagonlarining stansiya hamda shoxobcha yoʻllarida me'yordan ortiq bekor turib qolishi bilan bogʻliq muammolar tadqiq etilgan. Xorijiy mamlakatlarda vagon parkini boshqarish tajribasi Oʻzbekiston temir yoʻl tizimidagi mavjud holat bilan qiyosiy tahlil qilingan. Xizmat qiymatini shakllantirishda bazaviy hisoblash miqdori va amaldagi jarima stavkalaridan foydalanilgan. Taklif etilgan yondashuvning ilmiy yangiligi vagonlarni vaqtincha joylashtirish xizmatining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini shakllantirish bilan izohlanadi. Ushbu xizmat stansiya yoʻllaridan samarali foydalanish va vagonlarning samarasiz bekor turishini kamaytirishga xizmat qiladi.