Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

O‘TA MUSTAHKAM, YENGIL NANOKOMPOZITLAR VA POLIMER NANOKOMPOZITLAR SINTEZI

Boʻriyeva Muhabbat Mamayusuf qiziTermiz davlat universiteti talabasiJabbor Suyunov
2026en
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada o‘ta mustahkam va yengil materiallar sinfiga kiruvchi nanokompozitlar hamda polimer nanokompozitlarning sintezi, tuzilishi va fizik-mexanik xossalari atroflicha tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda nanoteknologiyalar rivoji natijasida materialshunoslik sohasida tub burilishlar yuzaga kelib, an’anaviy materiallarga nisbatan yuqori mustahkamlik, past zichlik va yaxshilangan funksional xususiyatlarga ega yangi avlod kompozit materiallar yaratish imkoniyati paydo bo‘ldi. Maqolada nanokompozitlarning tarkibiy qismlari — matritsa va nanoo‘lchamli to‘ldiruvchilarning o‘zaro ta’siri, ularning dispersiyasi va chegaraviy sirt hodisalarining material xossalariga ta’siri ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, polimer nanokompozitlar sintezining zamonaviy usullari, jumladan, sol-gel texnologiyasi, in situ polimerizatsiya, eritmada aralashtirish va eritib aralashtirish (melt blending) usullarining afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilinadi.Tadqiqot davomida nanoto‘ldiruvchilar sifatida uglerod nanotubkalari, grafen, nanozarrachalar va boshqa nanostrukturalarning qo‘llanilishi materialning mexanik mustahkamligi, issiqlik barqarorligi va elektr o‘tkazuvchanligini sezilarli darajada oshirishi aniqlanadi. Natijada, bunday nanokompozit materiallar aviatsiya, avtomobilsozlik, tibbiyot va elektronika kabi sohalarda keng qo‘llanish imkoniyatiga ega ekani asoslab beriladi.

Hali tarjima qilinmagan

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba