TRANSPORT SOHASIDA AYOLLAR BANDLIGINI OSHIRISHNING AYOLLAR FAROVONLIGI VA IQTISODIY RIVOJLANISHGA TA’SIRI
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda transport sohasida ayollar bandligini oshirishning ayollar farovonligi va mamlakat iqtisodiy rivojlanishigata’siri tahlil qilingan. Tadqiqotda transport sektorida xotin-qizlar bandligining mavjud holati, ularning mehnat bozoridagiishtirokiga to‘sqinlik qilayotgan asosiy omillar hamda ayollar uchun transport va logistika sohasida yuzaga kelayotgan yangi kasbiyimkoniyatlar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ayollar bandligini oshirish ularning daromadlari va moliyaviy mustaqilligini kuchaytirish,oilalarning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, kasbiy salohiyatini rivojlantirish hamda mamlakat mehnat resurslaridan samarali foydalanishgaijobiy ta’sir ko‘rsatishi asoslab berilgan. Tadqiqot ishida transport sohasida ayollar bandligini kengaytirish uchun ularnizamonaviy kasblarga tayyorlash va qayta tayyorlash, xavfsiz va moslashuvchan mehnat sharoitlarini yaratish, gender stereotiplarinikamaytirish hamda ish va oilaviy majburiyatlarni uyg‘unlashtirishga ko‘maklashuvchi integratsiyalashgan boshqaruv modelini takomillashtirishbo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan