BARQAROR SANOAT VA ESG INTEGRATSIYASI: MUAMMOLAR VA IMKONIYATLAR
Annotatsiya
Ushbu maqolada barqaror sanoatni rivojlantirishda ekologik, ijtimoiy va boshqaruv (ESG) tamoyillariniintegratsiyalash jarayonining nazariy asoslari hamda amaliy jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda globallashuv vatexnologik rivojlanish sharoitida sanoat tarmoqlarining atrof-muhitga salbiy ta’siri, jumladan, issiqxona gazlari chiqindilari,resurslardan intensiv foydalanish va chiqindilar muammosi alohida ko‘rib chiqilgan. Shu bilan birga, sanoatning bandliknita’minlash, aholi daromadlarini oshirish va hududiy infratuzilmani rivojlantirishdagi o‘rni asoslab berilgan. Maqolada ESGtamoyillarini joriy etish orqali korxonalarda ekologik samaradorlikni oshirish, energiya tejamkor texnologiyalarni qo‘llash,mehnat xavfsizligini mustahkamlash hamda korporativ boshqaruvda shaffoflikni ta’minlash imkoniyatlari yoritilgan.Shuningdek, global ta’minot zanjirlarining murakkabligi, standartlashtirilgan baholash tizimlarining yetishmasligi vaboshqaruv risklari kabi muammolar ilmiy asosda tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari ESG yondashuvi sanoat korxonalariningraqobatbardoshligini oshirish, investitsion jozibadorligini kuchaytirish va uzoq muddatli barqaror rivojlanishga erishishdamuhim omil ekanligini ko‘rsatadi. Muallif tomonidan ESG tamoyillarini samarali joriy etishga qaratilgan amaliy taklif vatavsiyalar ishlab chiqilgan