HUDUDIY BARQARORLIKNI TAʼMINLASHDA MAHSULOT EKSPORTINI DIVERSIFIKATSIYALASH YOʻLLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada hududiy barqarorlikni ta’minlashda mahsulot eksportini diversifikatsiyalash yo‘llari ilmiy asosda tahlilqilindi. Tadqiqotda Prebish-Singer farazi, eksport-bazasi nazariyasi va iqtisodiy murakkablik yondashuvi integratsiyalandi.Empirik baholashda Hirschman–Herfindahl va Theil indekslari qo‘llanildi hamda O‘zbekistonning 2024–2025-yillardagitashqi savdo ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Natijalar eksport tarkibida xom-ashyo ulushi yuqori bo‘lishiga qaramay, qayta ishlanganmahsulotlar va xizmatlar ulushi oshib borayotganini ko‘rsatdi. Savdo geografiyasining kengayishi va xizmatlareksportining o‘sishi diversifikatsiyaning muhim omili sifatida baholandi. Tadqiqot hududlar kesimida eksport salohiyatinioshirishga qaratilgan amaliy yo‘nalishlarni shakllantirdi