Marjumakni barg shakllanishiga ekish muddati, me'yori va usullarining ta'siri
Annotatsiya
Ushbu maqolada marjumakni takroriy ekin sifatida yetishtirishda ekish me'yori va usullarining barg shakllanishiga ta'siri o'rganilgan. Uch yillik o'rtacha ma'lumotlarga ko'ra, shonalash davrida yakka qatorlab 1,0 mln. dona urug'/ga ekilganda barg soni 16,2 dona/tupni, gullash davrida 22,5 dona/tupni, meva hosil bo'lish davrida 27,0 dona/tupni tashkil etgan. Uch qatorlab 3,0 mln. dona urug'/ga ekilganda esa bu ko'rsatkichlar mos ravishda 13,8; 19,2 va 23,0 dona/tupgacha kamaygan. Ekish me'yorining oshishi o'simliklarning oziqlanish maydonini qisqartirib, ozuqa uchun raqobatni kuchaytirgan va barglar orasidagi masofaning uzayishiga olib kelgan. Eng yuqori barg shakllanishi 20-iyunda 1,0 mln. dona urug'/ga yakka qatorli ekish variantida qayd etilgan.
Hali tarjima qilinmagan