Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

DIABETIK PANJA SINDROMINING JARROHLIK ASORATLARINI DAVOLASHDA YANGI YONDASHUVLAR

2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Diabetik panja sindromi qandli diabetning eng og'ir va resurs talab qiluvchi asoratlaridan biri bo'lib, infeksiya, ishemiya, neyropatiya, osteomiyelit va to'qima nekrozi kombinatsiyasi amputatsiya xavfini keskin oshiradi. Ushbu maqolada diabetik panjaning jarrohlik asoratlarini davolashda zamonaviy, a'zoni saqlab qolishga yo'naltirilgan yondashuvlar xalqaro dalillar asosida tizimlashtirildi. IWGDF/IDSA tavsiyalari, randomizatsiyalangan tadqiqotlar va tizimli sharhlar tahlil qilindi. Olingan ma'lumotlar erta debridman, infeksiya nazorati, qon oqimini tiklash, zarurat bo'lganda konservativ suyak rezeksiyasi, tanlangan operatsiyadan keyingi yaralarda manfiy bosimli yara terapiyasi, mexanik yukni kamaytirish va multidisiplinar kuzatuvni integratsiyalash eng maqbul taktika ekanini ko'rsatadi. Mazkur komponentlarning har biri alohida emas, balki perfuziya holati, infeksiya og'irligi, yara chuqurligi, osteomiyelit, to'qimalarning hayotiyligi va bemorning umumiy holatiga moslashtirilgan individual algoritm asosida qo'llanishi lozim.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba