Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

KONTREYLER TERMINALLARINING MAQBUL JOYLASHUVINI ANIQLASHNING GIS CHEKLOVLARIGA ASOSLANGAN IKKI DARAJALI MODELI

Khamid YakupbaeyToshkent davlat transport universiteti doktoranti
2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada O'zbekiston transport tarmog'ida kontreyler terminallarining maqbul joylashuvini aniqlash uchun GIS cheklovlarini hisobga oluvchi ikki darajali model ishlab chiqilgan. Tadqiqotda terminal joylashuvi uchun nomzod hududlarni GIS asosida shakllantirish, ularning mosligini SSI (Site Suitability Index) indeksi yordamida baholash, kontreyler tashishlariga bo'lgan talabni aniqlash hamda yuk oqimlarini transport tarmog'i bo'yicha taqsimlash jarayonlari o'zaro bog'langan. Nomzod hududlarni shakllantirish va baholashda temir yo'l va avtomobil yo'llariga yaqinlik, mavjud yer maydoni, hudud nishabligi, OD yuk oqimi, bojxona obyektlariga yaqinlik hamda foydalanish cheklangan hududlar hisobga olingan. Model asosida shakllantirilgan SSI reytingi amaldagi logistika ko'rsatkichlari bilan qiyoslanib, ular o'rtasida yuqori darajadagi moslik aniqlangan. Modelni O'zbekiston transport tarmog'ida qo'llash natijasida kontreyler terminallarini joylashtirish uchun istiqbolli hududlar aniqlanib, ularning yuk o'tkazuvchanligi va joylashuvga moslik ko'rsatkichlari baholangan. Taklif etilgan yondashuv terminal joylashuvini yuk oqimi bilan bir qatorda transport, fazoviy va infratuzilmaviy omillarni kompleks hisobga olgan holda aniqlash imkonini beradi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba