DAVLAT–XUSUSIY SHERIKLIGI ASOSIDA ALOHIDA HISOB SIYOSATINI JORIY ETISHNING MOLIYAVIY BARQARORLIK VA INVESTITSION JOZIBADORLIKKA TA'SIRINI EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada davlat–xususiy sheriklik (DXSh) loyihalarida alohida hisob siyosatini joriy etishning moliyaviy barqarorlik va investitsion jozibadorlikka ta'siri ekonometrik modellashtirish asosida baholangan. Tadqiqotda O'zbekiston temir yo'llari AJning 2020–2024-yillardagi moliyaviy hisobotlari va panel ma'lumotlari asosida Hisob siyosati yetukligi indeksi (HSYI) shakllantirildi hamda logistik o'sish modeli, Monte-Karlo simulyatsiyasi va sezgirlik (tornado) tahlili yordamida 2030-yilgacha prognozlar ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari hisob siyosatini takomillashtirish shartli majburiyatlar hajmini kamaytirish, fiskal barqarorlikni mustahkamlash va xususiy investitsiyalar ulushini oshirishga sezilarli ijobiy ta'sir ko'rsatishini tasdiqlaydi. Shuningdek, prognoz natijalari davlat-xususiy sheriklik loyihalarida xalqaro moliyaviy hisobot standartlari va zamonaviy audit tizimlarini joriy etish investitsion muhitni yaxshilash hamda davlat moliyasining shaffofligini oshirishning muhim omili ekanligini ko'rsatadi.