TURIZM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA ETNOGRAFIK TURIZMDAN FOYDALANISH STRATEGIYALARINING AHAMIYATI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqola Respublikamizda turizm samaradorligini oshirishda etnografik turizmdan foydalanish strategiyasini ishlab chiqishga yoʻnaltirilgan. Maqolada etnoturizmning iqtisodiy samaradorligi, uning mavsumiylik muammosiga ta'siri va qishloq aholisi daromadlarini diversifikatsiyalashdagi roli oʻrganilgan. Tadqiqotda etnoturizmning qiymat zanjiri, ikkilamchi daromad keltiruvchi faoliyat turlari (hunarmandchilik, transport xizmatlari) va mahalliy jamoalarning jalb qilinishi masalalari keng tahlil qilingan. Respublikaning etnografik salohiyati, jumladan, Fargʻona vodiysi, Toshkentdagi "Navruz" etnoparki va Tuproqqal'a yodgorligi misolida amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Oʻrganishlar etnoturizmni rivojlantirish mamlakat turizm salohiyatini oshirish, aholi bandligini ta'minlash va madaniy merosni saqlashda muhim vosita ekanligini asoslaydi.