O'ZBEKISTONDA KICHIK VA O'RTA BIZNES SUBYEKTLARI FAOLIYATI RIVOJLANISHINING STATISTIK TAHLILI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada Oʻzbekistonda kichik va oʻrta biznes (KOʻB) subyektlari faoliyatining rivojlanish tendensiyalari statistik ma'lumotlar asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda KOʻBning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi, hududlar kesimida yalpi hududiy mahsulotdagi hissasi, korxonalar sonining dinamikasi, ularning faollik darajasi hamda bandlikka ta'siri oʻrganilgan. Tahlillar natijasida 2025-yilda KOʻBning YaIMdagi ulushi 51,5 foizga yetgani, roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari soni sezilarli oshgani, biroq yangi tashkil etilayotgan korxonalar sonida pasayish kuzatilgani aniqlangan. Shuningdek, hududlar boʻyicha rivojlanish sur'atlaridagi tafovutlar va faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar ulushining soʻnggi yillarda kamayish tendensiyasi yoritilgan. Tadqiqot natijalari kichik va oʻrta biznesning barqaror rivojlanishini ta'minlashda innovatsion va bilimlarga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega ekanligini koʻrsatadi.