SANOAT MARKETINGI VA TOʻQIMACHILIK TARMOGʻIDA MARKETING KONSEPSIYALARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada sanoat marketingi nazariyasi doirasida toʻqimachilik tarmogʻida marketing konsepsiyalarining rivojlanishi tahlil qilindi. Tadqiqot jarayonida marketing yondashuvlarining evolyutsiyasi, ularning B2B va B2C segmentlarida qoʻllanish xususiyatlari hamda raqamli texnologiyalar ta'siridagi oʻzgarishlari oʻrganildi. Tizimli va qiyosiy tahlil asosida mahsulot, narx, taqsimlash va kommunikatsiya siyosatining oʻzaro bogʻliqligi baholandi. Toʻqimachilik korxonalarida munosabatlar marketingi va qiymatga asoslangan taklifning ahamiyati asoslandi. Raqamli platformalar, CRM tizimlari va ma'lumotlar tahlili vositalarining marketing samaradorligiga ta'siri koʻrib chiqildi. Olingan natijalar marketing konsepsiyalarini integratsiyalashgan holda qoʻllash korxonalarning raqobatbardoshligini oshirishini koʻrsatdi.