Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

O‘zbekiston tijorat banklarida emissiya operatsiyalari samaradorligini oshirish yo‘llari

Xurshidjon Sulaymon o'g'li TillayevToshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti
2026
Ochiq kirishOlmos

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Tadqiqotda 2020–2025-yillar ma’lumotlari asosida O‘zbekiston tijorat banklarining emissiya operatsiyalari Aloqabank, Ipak Yo‘li banki, Turonbank, Poytaxt bank va Xalq banki misolida tahlil qilindi. Bundan tashqari, ochiq manbalar asosida Milliy bank, Sanoatqurilishbank, Ipoteka bank va boshqa banklarning xalqaro hamda ichki bozorlardagi obligatsiya va aksiyalar emissiyalari ko‘rib chiqildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, bank tizimining ustav kapitali 2,1 baravar, jami kapitali esa 2,3 baravar oshdi, bunda kapital o‘sishining 64,6 foizi ustav kapitali oshishi hisobiga ta’minlandi. Tanlangan banklarning kapitallashuv modellari sezilarli darajada farqlanadi: Ipak Yo‘li banki o‘z kapitali o‘sishining 97,8 foizini ichki manbalar hisobiga ta’minladi, Aloqabank va Turonbankda esa o‘sishning 82–86 foizi aksiyalar emissiyasi hissasiga to‘g‘ri keldi. Xalq bankida ustav kapitalining oshirilishi jamlangan zararlarni qoplashga yo‘naltirildi. Imtiyozli aksiyalar va qarz qimmatli qog‘ozlari tanlangan banklar amaliyotida deyarli qo‘llanilmayotgani aniqlandi. Tahlil natijalari asosida emissiya vositalarini diversifikatsiya qilish, ichki kapital generatsiyasini kuchaytirish va qimmatli qog‘ozlarni ommaviy joylashtirishni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar