PAXTA VA KUNGABOQAR SOAPSTOGIDAN YOG' KISLOTALARI AJRATIB OLISH JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISHNING ILMIY-AMALIY JIHATLARI
Annotatsiya
Yogli xom ashyolarni qayta ishlash sanoatida yog’ kislotalari ishlab chiqarichning asosiy manbasi o’simlik moyalarini ishqoriy rafinatsiyalsh natijasida olinadigan soapstoklar hisoblanadi. Tadqiqotlarning asosiy maqsadi paxta va kungaboqar soapstoklarini yog’ kislotalarigacha qayta ishlashda soapstok tarkibidagi hamroh moddalarning ta’sirini, shuningdek, turli rafinatsiyalash usulida olingan soapstoklarning tarkibiy moddalar saqlamini tahlil qilishdan iborat bo’lib, paxta va kungaboqar moylarini emulsiyali rafinatsiyalashda moy massasiga nisbatan 16,5-24,8% gacha soapstok hosil bo‘lishi, uning yog‘ saqlami 45,2-48,6% (moy massasiga nisbatan 7,2%) ekanligi aniqlangan. Shu moylarni monoetanolamin (MEA) bilan ishlov berib, so‘ng rafinatsiyalanganda soapstokdagi yog‘ ulushi 52,7-57,2% gacha oshishi, moyning asosiy qism gossipoli va fosfolipidlari avval ajratib olinganligi hisobiga mos ravishda 1,7 va 2,9% gacha kamayishi kuzatilgan. Bunday tarkib, MEA ishlov berilgan sopatoklardan yog’ kislotalari ishlab chiqarishda, boshqa xom ashyolarga nisbatan toza bo’lgani uchun, samarali foydalanish imkoniyatini berishi keltirilgan.
Hali tarjima qilinmagan