Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

ORTOTROP PARALLELEPIPED MASALASINI DEFORMATSIYA NAZARIYASI ASOSIDA SONLI YECHISH

2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada ortotrop parallelepiped uchun fazoviy elastiklik masalasini chekli ayirmalar usuli bilan sonli yechish va hosil boʻladigan iteratsion jarayonning yaqinlashishi tadqiq etilgan. Masala oʻng tomonlari koordinatalarga va noma'lum koʻchishlarga bogʻliq boʻlishi mumkin boʻlgan (umumiy holda chiziqli boʻlmagan) bir jinsli boʻlmagan Lame tenglamalari sistemasi koʻrinishida qoʻyilgan; bunday umumiy yozuv boshqa fizik omillarni hisobga oluvchi algoritm va samarali dastur yaratishga imkon beradi. Yechim barqarorlashtirish usuli asosida izlanadi: masala fiktiv vaqt boʻyicha evolyutsion koʻrinishga keltirilib, oʻzgaruvchi yoʻnalishlar usulining uch bosqichli varianti qoʻllanadi, har bir bosqichda hosil boʻladigan uch diagonalli algebraik tenglamalar sistemalari skalyar progonka usuli bilan yechiladi. Chiziqlantirishning Pikar va Nyuton usullarini tanlash hamda oshkor, oshkormas va simmetrik ayirmali sxemalarning ta kombinatsiyasini amalga oshirish imkonini beruvchi parametr va matritsali koeffitsiyentlar kiritilgan. Iteratsion jarayonning yaqinlashish tezligiga ta'sir etuvchi omillar - ayirmali sxema turi, iteratsion parametr va boshlangʻich yaqinlashish - tahlil qilingan. Usul ortotrop toʻgʻri burchakli prizmaning siqilishi haqidagi test masalasida sinovdan oʻtkazilgan: oʻrta sirtdagi oʻrtacha kuchlanish ni tashkil etib, material qarshiligi formulasi boʻyicha topilgan aniq qiymat dan atigi ga farq qildi (Ritz variatsion usulida , mutlaq xatolik ), bunda iteratsiyalar soni ga teng boʻldi. ortishi bilan natija aniq yechimga monoton yaqinlashishi koʻrsatilgan. Hisoblashlar C# dasturlash tilida yaratilgan dastur yordamida bajarilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba